Mahsulotlar
Uzmeter aqlli hisoblagichi SUEZ raqamli ekotizimida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi
Ulashish:

Suv hisobini raqamlashtirish yo‘lida muhim natijaga erishildi. Uzmeter tomonidan ishlab chiqilgan aqlli sovuq suv hisoblagichi SUEZ raqamli ekotizimi bilan integratsiya jarayonida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.
Sinovning asosiy maqsadi hisoblagichdan kelayotgan ma’lumotlarni masofadan qabul qilish va raqamli boshqaruv muhitiga uzatish imkoniyatini baholashdan iborat bo‘ldi. Amaliy tekshiruv davomida qurilmadan platformagacha bo‘lgan ma’lumot almashinuvi barqaror ishladi.
Bu natija kelgusida suv sarfini masofadan kuzatish, ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish va hisob jarayonlarini yanada tezkor boshqarish uchun muhim texnologik asos yaratadi.
SUEZ mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sinov Uzmeter aqlli hisoblagichlarini xalqaro raqamli yechimlarga integratsiya qilish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.
