+998 98 111 61 16
Mahsulotlar

Uzmeter eSIM texnologiyali aqlli suv hisoblagichini taqdim etdi

Ulashish:
Uzmeter eSIM texnologiyali aqlli suv hisoblagichini taqdim etdi - 1
Suv hisobini raqamlashtirish yo‘nalishida yana bir zamonaviy yechim taqdim etildi. Uzmeter tomonidan eSIM texnologiyasiga ega aqlli suv hisoblagichi ishlab chiqildi. Qurilmaga o‘rnatilgan eSIM hisoblagichning mobil aloqa tarmog‘iga jismoniy SIM-kartasiz ulanishini ta’minlaydi. Natijada suv sarfi haqidagi ma’lumotlarni masofadan avtomatik qabul qilish, hisoblagich holatini kuzatish va ma’lumotlarni raqamli boshqaruv tizimlariga uzatish imkoniyati yaratiladi. Hisoblagichga o‘rnatilgan klapan suv ta’minotini masofadan boshqarish imkonini beradi. Bu xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tezlashtirish, nazoratni kuchaytirish va joyiga borib tekshirishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga yordam beradi. eSIM texnologiyasi jismoniy SIM-kartani almashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtiradi hamda ko‘p sonli hisoblagichlarni yagona raqamli tizim orqali boshqarish uchun qulay infratuzilma yaratadi. Uzmeter’ning ushbu yechimi suv ta’minoti tashkilotlari uchun ma’lumotlarni avtomatik yig‘ish, iste’molni masofadan nazorat qilish va hisob jarayonlarini samarali boshqarishda yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Quruvchilar uchun kalkulyator